Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
Umumiy reytingga AQSh yetakchilik qildi. Sobiq Ittifoq davlatlari orasida ham Oʻzbekiston yuqori natija koʻrsatdi: umumiy roʻyxatda u uchinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi: dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi.
Yangilangan Global Firepower Index reytingida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari 145 ta davlat orasida 53-oʻrinni egalladi.
Reytingni tuzgan mutaxassislar armiyalarni 60 dan ortiq koʻrsatkich boʻyicha baholashadi: mudofaa xarajatlari, texnik taʼminot, shaxsiy tarkib soni, tanklar, samolyotlar, kemalar, logistika, resurslar, geografiya va boshqa muhim omillar shu roʻyxatga kiradi.
Qiziqarli jihati shundaki, Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi.
Qoʻshnilar orasida Qozogʻiston 58-oʻrin, Turkmaniston 78-oʻrin, Tojikiston 100-oʻrin, Qirgʻiziston 109-oʻrin va Afgʻoniston 121-oʻrinni band qildi.
Sobiq Ittifoq davlatlari orasida ham Oʻzbekiston yuqori natija koʻrsatdi: umumiy roʻyxatda u uchinchi oʻrinni egalladi, yaʼni faqat Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (20-oʻrin) armiyalaridan keyin turibdi.
Jahon reytingining TOP-10 yetakchi davlatlar quyidagilar:
1. AQSh
2. Rossiya
3. Xitoy
4. Hindiston
5. Janubiy Koreya
6. Fransiya
7. Yaponiya
8. Buyuk Britaniya
9. Turkiya
10. Italiya
Xulosa shuki, Oʻzbekiston mintaqadagi oʻz oʻrnini saqlab qolmoqda. Maʼlumot oʻrnida oʻtgan yil mamlakat 145 ta davlat orasidan 58-oʻrinni egallagan edi.