platina.uz
Iqtisod

Joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 167 mlrd dollarga yetkaziladi

Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili davlat dasturi loyihasi eʼlon qilindi. Elektromobilda taksi qiluvchilarga imtiyozlar beriladi. 

Joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 167 mlrd dollarga yetkaziladi

Elektromobilda taksi xizmatini koʻrsatuvchilarga imtiyozlar beriladi. Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili Davlat dasturi loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, iqtisodiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

-soha va tarmoqlarni texnologik oʻsish modeliga oʻtkazish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini 2030 yilgacha 240 milliard dollardan oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib, joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazish;

-iqtisodiy oʻsishni 6,6 foizga yetkazish, inflyatsiya darajasini 6,5 foizga tushirish, qishloq xoʻjaligida 4,2 foiz oʻsishni taʼminlash;

- 1 million nafar fuqaroni doimiy ish bilan taʼminlash va 181 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish orqali kambagʻallik hamda ishsizlik darajasini 4,5 foizgacha tushirish;

- iqtisodiyotga 50 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

- xizmat koʻrsatish sohalarida pulli xizmatlar ulushini 100 milliard dollardan oshirish choralarini koʻrish;

- qurilish ishlari hajmini 11 foizga koʻpaytirib, 30 milliard dollarga yetkazish va 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ziyod yangi xizmat koʻrsatish obʼektlari ishga tushirilishini taʼminlash.

Loyihaga koʻra, yil yakunigacha elektromobilda taksi xizmatini koʻrsatuvchi oʻzni oʻzi band qilgan fuqarolar sonini 300 ming nafarga yetkazish vazifasi qoʻyilgan.

Bu maqsadga erishish uchun oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro sifatida roʻyxatdan oʻtib, taksi xizmatini koʻrsatuvchi fuqarolarga qator imtiyozlarni joriy etish koʻzda tutilgan, xususan:

– belgilangan ijtimoiy soliqni toʻlashda 30 foizgacha chegirma berish;

– davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan, shu jumladan, aeroport va vokzallarning pulli avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat berish.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid