Indoneziyada yirik koʻchki oqibatida 7 kishi halok boʻldi
Bundan tashqari 82 kishi bedarak ketgan. Yoʻqolganlar soni koʻproq ham boʻlishi mumkin.

Indoneziyada koʻchki oqibatida 7 kishi halok boʻldi, 82 kishi bedarak yoʻqolgan.
Indoneziyaning Gʻarbiy Yava provinsiyasida kuchli yogʻingarchilik oqibatida yuz bergan koʻchki natijasida 7 kishi halok boʻldi, 82 kishi bedarak yoʻqoldi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Indoneziyaning Gʻarbiy Yava provinsiyasida yuz bergan koʻchki oqibatida 7 kishi halok boʻldi, 82 kishi bedarak yoʻqolgan.
Bu haqida 24 yanvar kuni mamlakatning favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi maʼlum qildi. Hududda kuchli yogʻingarchilik kuzatilgani xabar qilinmoqda.
Mahalliy rasmiylarning aytishicha, koʻchki Gʻarbiy Bandung hududidagi bir qishloqda sodir boʻlgan.
Agentlik matbuot kotibi Abdul Muhari Reuters agentligiga bergan intervyusida shunday dedi:
“Bedarak yoʻqolganlar soni juda koʻp, bugun qidiruv va qutqaruv ishlarini imkon qadar maksimal darajada olib borishga harakat qilamiz”.
Mahalliy Kompas.com nashrining xabar berishicha, Indoneziya meteorologiya agentligi avvalroq 23 yanvardan boshlab bir hafta davomida Gʻarbiy Yava provinsiyasida kuchli yogʻingarchiliklarni oʻz ichiga olgan keskin ob-havo haqida ogohlantirgan edi.