platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada 400 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

Tadbir davomida uning tanishi, Fargʻona viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi ham 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Fargʻonada 400 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

Yer munosabatlari bilan bogʻliq noqonuniy holat aniqlandi.

Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan shaxs mahalliy tadbirkorga koʻp qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni olishida oʻzining mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytadi.

Xususan, 2020 yilda boshqa bir fuqaroga kam taʼminlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida issiqxona tashkil etishi uchun ajratib berilgan 29 gektar yer maydonidan 5 gektar qismini toifasini oʻzgartirib, uy-joy qurish uchun olib berish evaziga 400 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan – Fargʻona viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi ushbu 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid