platina.uz
Jamiyat

Elektromobil sotib olish uchun aholiga past foizli kreditlar beriladi

Quvvatlash stansiyalarida 1 kilovatt soat elektr narxining 300 soʻmdan oshgan qismini davlat byudjetidan qoplab berish tartibi joriy etiladi. 

Elektromobil sotib olish uchun aholiga past foizli kreditlar beriladi

Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili Davlat dasturi loyihasiga koʻra, elektromobillarni sotib olishda qator qulayliklar yaratiladi.

Jumladan, elektromobillarni sotib olish uchun aholiga quyidagi shartlarda kreditlar ajratilishini yoʻlga qoʻyish:

– mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan elektromobillarni sotib olish uchun 12 foizli;

– xorijdan import qilingan elektromobillarni sotib olish uchun 16 foizli bank kreditlari taqdim etiladi.

Elektromobillarni sotib olish uchun ajratiladigan bank kreditlari foizlarining oshgan qismini tijorat banklariga Davlat byudjeti hisobidan qoplash tartibini joriy etish koʻzda tutiladi.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida 1 kilovatt soat elektr energiyasi narxining 300 soʻmdan oshgan qismi Davlat byudjetidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli maqsadli kreditlarni ajratish, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hisobidan moliyalashtirish amaliyotini yoʻlga qoʻyiladi.

Quvvatlash stansiyalari uchun sotib olinadigan yer maydonlarini auksionda bozor qiymatidan 2 baravar arzon narxda belgilanadi.

Oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro sifatida roʻyxatdan oʻtib, taksi xizmatini koʻrsatuvchi fuqarolar uchun:

– belgilangan ijtimoiy soliqni toʻlashda 30 foizgacha chegirma berish;

– davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan, shu jumladan, aeroport va vokzallarning pulli avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat berish;

– huquqbuzarlik va yoʻl-transport hodisasi sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmatini koʻrsatgan fuqarolarga “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishonini berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid