platina.uz
Jamiyat

Buxoroda jamoat transporti uchun naqd pulsiz toʻlov tizimi joriy etiladi

24 yanvar kuni viloyat hokimi Botir Zaripovning qarori eʼlon qilindi. Qaror darhol kuchga kirishi belgilangan. 

Buxoroda jamoat transporti uchun naqd pulsiz toʻlov tizimi joriy etiladi

Buxoro shahrida jamoat transporti uchun naqdsiz (elektron) toʻlov tizimi joriy etiladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning qarorida aytiladi.

Qaror 2025 yil 24 yanvar kuni eʼlon qilingan.

Buxoro shahar hokimligi (Q.Tursunov) bir oy muddatda Buxoro shahridagi barcha avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarini faoliyat koʻrsatayotgan barcha avtobus yoʻnalishlari hamda bekatlariga bosqichma-bosqich oʻrnatish choralarini koʻradi.

Shahardagi yoʻnalishlarda yoʻlkira haqi bir yoʻlovchi uchun 3000 soʻm (QQS bilan), elektron toʻlov tizimi (ATTO) orqali toʻlashda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda 2000 soʻm (QQS bilan) hamda qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 2 000 soʻm (QQS bilan) qilib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilindi.

Toʻlovlar ATTO tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.

Avvalroq Andijon shahrida 2026 yil 1 yanvardan yoʻl haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechilishi maʼlum boʻlgandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid