Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona faoliyati toʻxtatildi
Maxsus komissiyaning tungi tekshiruvi davomida Olmazor tumanida ekologik talablarni buzgan ishlab chiqarish obʼekti aniqlangan.

Toshkentda havoni tozalash boʻyicha reydlar davom etmoqda: navbatdagi korxona faoliyati toʻxtatildi.
Maxsus komissiyaning tungi tekshiruvi davomida Olmazor tumanida ekologik talablarni buzgan ishlab chiqarish obʼektining faoliyati aniqlanib, u vaqtincha toʻxtatildi.
Toshkentda atmosfera havosiga zararli chiqindilar chiqarayotgan manbalarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha faol ishlar davom etmoqda.
Olmazor tumanida maxsus komissiya tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tungi reyd chogʻida ekologik meʼyorlarni qoʻpol ravishda buzgan holda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonasi aniqlandi.
Tekshiruv natijalariga koʻra, mazkur obʼektida ishlab chiqarish jarayonlari atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan talablariga rioya etilmagan holda amalga oshirilgani maʼlum boʻldi. Shu sababli xususiy korxona faoliyati aniqlangan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgunga qadar vaqtincha toʻxtatildi.
Bunday tekshiruvlar Toshkentda havoni tozalashga qaratilgan keng koʻlamli strategiyaning bir qismiga aylangan.
Nazorat tadbirlari muntazam ravishda, jumladan, ruxsatsiz chiqindilar chiqarish xavfi yuqori boʻlgan tungi vaqtlarda ham oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Aziz Abduhakimov rahbarligida oʻtkazilgan shunga oʻxshash reydlar Yangi hayot va Sergeli tumanlaridagi sanoat hududlarini ham qamrab olgan edi.