Qoraqalpogʻistonda ayol poyezd ostida qolib ketdi
Hodisa 22 yanvar kuni Gidrouzel va Nukus stansiyalari oraligʻida sodir boʻlgan.

Qoraqalpogʻistonda ayol poyezd ostida qolib ketdi. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" xabar berdi.
2026 yil 22 yanvar kuni Gidrouzel va Nukus stansiyalari oraligʻida ayol kishi temir yoʻlni oʻtish uchun moʻljallanmagan joydan kesib oʻtmoqchi boʻlgan va yoʻlovchi poyezdi ostiga qolib ketgan.
"Jabrlanuvchi yoʻl harakati qoidalarini buzib, oʻz xavfsizligiga eʼtibor bermadi. Masʼul xizmatlar hodisa tafsilotlarini tekshirmoqda.
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ fuqarolarga temir yoʻllarni kesib oʻtishning belgilangan meʼyorlariga rioya qilish muhimligini eslatib oʻtadi", deyiladi xabarda.