platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston global ingliz tilini bilish reytingida 104-oʻrinni egalladi

Sobiq Ittifoq davlatlari orasida reytingda Latviya (16-oʻrin), Estoniya (31-oʻrin), Litva (33-oʻrin), Ukraina (45-oʻrin) va Rossiya (49-oʻrin) yaxshi natija koʻrsatgan. 

Oʻzbekiston global ingliz tilini bilish reytingida 104-oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston 2025 yilgi global ingliz tilini bilish reytingida 104-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston 123 ta davlat orasida 104-oʻringa tushib, 429 ball toʻpladi. Bu global oʻrtacha koʻrsatkichdan (488 ball) past boʻlib, mamlakat “juda past” darajasida qolmoqda.

EF English Proficiency Index (EFI) mutaxassislari Oʻzbekistonning ingliz tili bilish darajasini “juda past” deb baholashdi.

Ayrim koʻnikmalar boʻyicha natijalar quyidagicha: oʻqish — 420, tinglash — 385, yozish — 498, gapirish — 454. Yozish va gapirish koʻnikmalari “past” darajada boʻlib, oʻqish va tinglashdan yuqoriroq natija qayd etgan boʻlsada, ular hali ham "juda past" darajada qolmoqda.

Hududlar boʻyicha eng yuqori natija Fargʻona viloyatida — 470 ball, undan keyin Andijon (453) va Toshkent viloyati (447); eng past natija Jizzax viloyatida — 395 ball qayd etildi. Shaharlar orasida Fargʻona 470 ball bilan yetakchilik qilmoqda, undan keyin Toshkent (469), Andijon (465), Namangan (464) va Urganch (463).

Ingliz tili eng yuqori darajada 31–40 yoshdagilar va 40 yoshdan oshganlar orasida kuzatildi. Erkaklar va ayollar oʻrtasida ingliz tili bilish darajasida sezilarli farq aniqlanmadi.

Oʻzbekistonning EF EPI reytingidagi oʻrni 2018 yildan beri pasayib bormoqda: 86-oʻrin (2018), 95-oʻrin (2019), 88-oʻrin (2020–2021), 89-oʻrin (2022), 93-oʻrin (2023), 98-oʻrin (2024) va 104-oʻrin (2025).

Mintaqada Oʻzbekiston Qozogʻiston (107-oʻrin) va Tojikiston (110-oʻrin)dan oldinda, ammo Qirgʻizistondan (101-oʻrin) orqada qoldi.

Sobiq Ittifoq davlatlari orasida reytingda Latviya (16-oʻrin), Estoniya (31-oʻrin), Litva (33-oʻrin), Ukraina (45-oʻrin) va Rossiya (49-oʻrin) yetakchilik qilmoqda.

Global miqyosda EPI reytingida birinchi oʻrinlarni Niderlandiya, Xorvatiya va Avstriya egallamoqda.

Indeks 123 ta davlatda 2,2 million ortiq ishtirokchilarning oʻqish, tinglash, yozish va gapirish koʻnikmalari boʻyicha sinovdan oʻtkazdi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid