Nikolay Valuyev ham Markaziy Osiyo boʻyicha tahdidli bayonot berdi
Valuyevning fikrlariga oʻzbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev javob qaytarib, uni jangga taklif etdi.

Bokschi Nikolay Valuyev ham Markaziy Osiyo boʻyicha tahdidli bayonot berdi.
Sobiq rus bokschisi Nikolay Valuyev faylasuf Aleksandr Duginning fikrlarini qoʻllab-quvvatlab, Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid qildi. Uning taʼkidlashicha, Ukrainadagi “maxsus operatsiyalar” sobiq sovet respublikalarida ham olib borilishi kerak.
“Bizni hali bir nechta maxsus operatsiyalar kutmoqda. Buyuk faylasuf Dugin haq. Biz 30 yil davomida postsovet respublikalariga “shirinliklar” ulashdik, lekin bu yordam bermadi. Endi qamchi kerak boʻladi. Shuning uchun yoshlarni tayyorlamoqdamiz. Zumerlarga sport zaliga borishni va erkaklarga xos sport turlari bilan shugʻullanishni maslahat beraman. Ular uchun ham qahramonlar davri keladi, va tez orada”, dedi u.
Nikolay Valuyevning fikrlariga oʻzbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev ham javob qaytardi. U Valuyevni jangga chiqishga taklif qildi.
"Menimcha, bu sunʼiy intellekt tomonidan tayyorlangan. Agar unday boʻlmasa, Valuyevning kallasini joyiga qoʻyish kerak boʻlsa, men tayyorman. Jangdan soʻng u Markaziy Osiyo haqida bunday “bemaza” gaplarni gapirmaydi", — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, avval teleboshlovchi Vladimir Solovyov va faylasuf Aleksandr Dugin Markaziy Osiyo boʻyicha propagandistik bayonotlar bergandi.