Jurnalist Abdusamad Yoʻldoshev vafot etdi
Ijodkor koʻp yillar Oʻzbekiston radiosi, “Xalq soʻzi”, "Toshkent haqiqati" gazetalarida turli vazifalarda xizmat qilgan.

Jurnalist Abdusamad Yoʻldoshev vafot etdi. Bu haqda Jurnalistlar uyushmasi xabar berdi.
Taniqli jurnalist, mehnat faxriysi Abdusamad Yoʻldoshev 86 yoshida vafot etdi.
Abdusamad Yoʻldoshev 1940 yili Zangiota tumani, Xonobod qishlogʻida tugʻilgan. Koʻp yillar Oʻzbekiston radiosi, “Xalq soʻzi”, "Toshkent haqiqati" gazetalarida turli vazifalarda xizmat qilgan.
Jurnalistik faoliyatining qariyb 40 yili “Toshkent haqiqati” gazetasi bilan bogʻliq. Gazetada muxbir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrirning birinchi oʻrinbosari vazifalarida mehnat qilgan.
Abdusamad Yoʻldoshev “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.