platina.uz
Jamiyat

Dubaydagi ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 8 oʻzbekistonlik umrbod qamaldi

Bir fuqaroga 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi. 

Dubaydagi ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 8 oʻzbekistonlik umrbod qamaldi

Tashqi ishlar vazirligi BAAdagi janjal sabab qamalgan oʻzbekistonliklar boʻyicha izoh berdi.

Baʼzi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Dubaydagi fuqarolarimizning sudlanishiga doir turli xil maʼlumotlar tarqalmoqda.

Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida TIV quyidagicha bayonot berdi:

2025 yilning aprel oyida Dubayda ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 8 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga 21 yanvar kuni sud hukmi bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, bitta fuqaroga 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

Hozirda, tegishli idoralar va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan vaziyatni toʻliq oʻrganish va fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish boʻyicha barcha zarur choralar koʻrilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda Dubay shahridagi yonilgʻi quyish shoxobchalaridan birining hududida oʻzbekistonliklardan iborat ikki jinoiy guruh oʻrtasidagi toʻqnashuv kelib chiqib, bir kishi pichoq zarbasi oqibatida vafot etgani, yana bir kishi komaga tushib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid