platina.uz
Jamiyat

12 korxona ustun muzokara kuchiga ega deb topildi

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish, temir yoʻl liniyasini foydalanishga berish xizmatlari oʻrganilgan. 

12 korxona ustun muzokara kuchiga ega deb topildi

12 ta korxona ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etildi.

Raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan respublika miqyosida xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning tovar va moliya bozorlaridagi faoliyati hamda raqobat muhitini oʻrganish maqsadida tahlil ishlari amalga oshirildi.

Oʻtkazilgan tahlillar doirasida bozordagi asosiy ishtirokchilarning faoliyati quyidagi xizmat turlari boʻyicha oʻrganildi:

-maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish;

- Temir yoʻl liniyasini foydalanishga berish;

Olib borilgan tahlillar natijasida, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, Raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli buyruqlari bilan ayrim xoʻjalik yurituvchi subʼektlarni oʻzlariga biriktirilgan hududlarda ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etdi.

Jumladan:

Toshkent viloyati — Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari:

“ZANGIOTA OBODON” MChJ

“RAHNAMO SERVIS” MChJ

“ANGREN BUNYOD FAYZ” MChJ

Fargʻona viloyati — Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari:

“MAXSUS GARANT AVTO SERVIS” MChJ

“VODIY MAXSUS SANITAR TRANS” MChJ

Surxondaryo viloyati — Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari:

“SURXONDARYO VILOYATI TOZA HUDUD” DM

“BIO TEXNO EKO” MChJ

“BIO-TEX-EKO” MChJ Sariosiyo va Uzun filiallari

“QIZIRIQ-INVEST” MChJ

“SALE KINGDOM” MChJ

Temir yoʻl liniyasini foydalanishga berish xizmatlari:

"PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ

Sirdaryo viloyati — Temir yoʻl liniyasini foydalanishga berish xizmatlari:

“ULUG‘BEK YANGIYER QURILISH” MChJ.

Roʻyxat bilan tanishish. (2026 yil, 23 yanvar holatiga)

Maʼlumot uchun: “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga koʻra, ustun mavqega ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subʼekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlsa, bunday holat ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etiladi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid