platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Davosda Ilhom Aliyev va Viktor Orban bilan muloqot oʻtkazdi

Yetakchilar oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 

Shavkat Mirziyoyev Davosda Ilhom Aliyev va Viktor Orban bilan muloqot oʻtkazdi

Prezident Davosda Ilhom Aliyev va Viktor Orban bilan uchrashdi.

Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban oʻrtasida muloqot boʻlib oʻtdi.

Yetakchilar doʻstona ruhda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Koʻp tomonlama, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan Tinchlik kengashi bitimini imzolagandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid