platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonning bir yillik oltin eksporti 9,9 mlrd dollarga yetdi

Ushbu koʻrsatkich avvalgiga nisbatan 32 foizdan ortiqqa oshgan. Oltin-valyuta zaxiralari qiymati esa 66,3 mlrd dollarga yetdi. 

Oʻzbekistonning bir yillik oltin eksporti 9,9 mlrd dollarga yetdi

Oʻzbekiston oltin eksporti 2025 yilda 9,9 mlrd dollarga yetdi.

2025 yilda Oʻzbekiston xorijiy bozorlarga 9,9 milliard dollarlik oltin eksport qilib, bu koʻrsatkichni bir yil ichida 32 foizdan ortiq oshirdi. Shu bilan birga, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari ham rekord darajaga yetdi.

Oʻzbekiston 2025 yil yakunlariga koʻra xorijga 9,9 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Tashqi savdo boʻyicha hisobotga koʻra, yil davomida oʻsish 32,3 foizni tashkil etgan.

Oʻtgan yil noyabr oyida Oʻzbekiston Markaziy banki bir oyda 10 tonna qimmatbaho metall sotib olib, dunyodagi eng yirik oltin xarid qiluvchi regulyatorlar uchligiga kirdi. Bu borada Polsha (12 tonna) va Braziliya (11 tonna) Oʻzbekistondan oldinda.

Oʻtgan yil dekabr oyi boshiga kelib, dunyo boʻylab markaziy banklar jami 290 tonnadan ortiq oltin xarid qilgan. Bu koʻrsatkich avvalgi yillardagi rekord darajalardan past boʻlsa-da, oltinga boʻlgan talab barqarorligicha qolmoqda.

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralariga toʻxtaladigan boʻlsak, joriy yil boshiga kelib ularning umumiy hajmi 66,3 mlrd dollardan oshdi. Shundan 55,1 mlrd dollari oltin hissasiga toʻgʻri keladi. Taqqoslash uchun, 2025 yil 1 dekabr holatiga koʻra bu koʻrsatkich 50,8 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

1 yanvar kuni Oʻzbekistonda oltin narxi ilk bor 1 gramm uchun 9,4 mln soʻmdan oshgan.

Avvalroq AQShning Venesuelaga hujumi ortidan oltin keskin qimmatlashgandi.

Bu holat bozor ishtirokchilari allaqachon duch kelayotgan noaniqliklarni kuchaytirib, xavfsiz aktiv sifatida qimmatbaho metallga boʻlgan talabni oshirdi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid