Fransiya yoshlar termasida oʻynagan sportchi "Xorazm"ga oʻtdi
Futbolchi oʻzbek klubiga erkin agent sifatida qoʻshilgan.

Xorazm klubi vinger Yanis Lerini oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.
Fransiya yoshlar terma jamoasida toʻp surgan 22 yoshli qanot hujumchisi Yanis Leri Ispaniyadagi faoliyatidan soʻng “Xorazm” klubi safiga kelib qoʻshildi.
22 yoshli fransiyalik vinger Yanis Leri “Xorazm” klubiga oʻtdi. Bu haqda Transfermakt xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, futbolchi oʻzbek klubiga erkin agent sifatida qoʻshilgan. Leri oʻtgan mavsumni Ispaniyaning toʻrtinchi ligasida ishtirok etuvchi “Logrones” jamoasi safida oʻtkazgan.
Yanis Lerining eʼtiborga molik jihatlaridan biri — u Fransiyaning U-16 va U-17 terma jamoalari safida ham maydonga tushgan. Yoshlar termasidagi oʻyinlar futbolchi uchun katta maktab hisoblanadi: raqobat kuchli, talab yuqori, bosim esa katta boʻladi.
Futbolchining bozor qiymati 50 ming yevroga baholanmoqda.