Eski transportlardan foydalanish taqiqlanadi
50 yil va undan eski transportlardan foydalanish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish taqiqlanadi, ular davlat roʻyxatidan chiqariladi.

Eski transportlardan foydalanish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish taqiqlanadi
2026 yil 20 yanvardagi 11-son hukumat qarori bilan yoʻl harakati xavfsizligini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Unga koʻra, 2026 yil 1 fevraldan:
- 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, kon–karer texnikalari, yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar va “antikvar” transportlar uchun alohida seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi;
- 50 yil va undan eski transportlardan foydalanish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish taqiqlanadi, ular davlat roʻyxatidan chiqariladi.
Avtomototransport roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida mulkdor manzilini koʻrsatish talabi bekor qilinadi.
Avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazishda zarur hujjatlar idoralararo elektron tizim orqali olinadi.