platina.uz
Jamiyat

Toʻrtta qurilish kompaniyasiga moliyaviy jarima belgilandi

Ular qurilish majmualari elektron roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa ham reklama faoliyati bilan shugʻullangan. 

Toʻrtta qurilish kompaniyasiga moliyaviy jarima belgilandi

Raqobat qoʻmitasi qurilish kompaniyalarini jarimaga tortdi.

Prezidentning 2020 yil 27 maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyxatiga kiritmagan holda qurilish obʼektlarini reklama qilish taqiqlanadi.

Shunga koʻra, Raqobat qoʻmitasi tomonidan qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan oʻrganishlarda “Sam-Ros-Stroy” MChJ, “Shaxram Tower” MChJ, “Baxora KBM” MChJ va “BUSINESS SHOPPING CENTER” MChJ qurilish korxonalarining qurilish majmualari elektron roʻyxatga kiritilmaganligi, biroq ushbu turar joy majmualari ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotganligi aniqlangan.

“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunda taqiqlangan tovarlarni, shuningdek, ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud boʻlmagan tovarlarni reklama qilishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Sam-Ros-Stroy” MChJ, “Shaxram Tower” MChJ, “Baxora KBM” MChJ va “BUSINESS SHOPPING CENTER” MChJlar Qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan deb topilib, ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilishi holatini toʻxtatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid