Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga uchib ketdi
Davos shahrida Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimi boʻlib oʻtadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 21 yanvar kuni Davos shahrida Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaga joʻnab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga yoʻllagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi koʻp yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini taʼkidlagandi.
Avvalroq Oʻzbekiston rahbari kengashga taʼsischi davlat sifatida qoʻshilish taklifini qabul qilgan edi.