Prezidentga super kompyuter taqdim etildi
Bu orqali 15 ta oliy taʼlim muassasasida sunʼiy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi.

Hozirgi kunda zamonaviy kichik super kompyuter ishga tushirildi. Bu haqda kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdimot namoyish etildi.
Taqdimotda sunʼiy intellekt texnologiyalari uchun infratuzilma yaratish ishlarining borishi haqida ham axborot berilgan. Qayd etilishicha, katta super kompyuterni xarid qilish va ishga tushirish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.
Loyihani amalga oshirish natijasida 15 ta oliy taʼlim muassasasida sunʼiy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi, sohadagi mutaxassislarning salohiyati oshadi, mahalliy SI yechimlarini yaratish va joriy etish imkoniyatlari yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston hududlarida zamonaviy data-markazlar tarmogʻini kengaytirish, maʼlumotlar xavfsizligi va uzluksizligini taʼminlash zarurligini aytgan.