Oʻzbekistonda havo harorati keskin tushib, qor yogʻishi kutiladi
Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari mamlakat hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.Harorat shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha pasayadi.

"Oʻzgidromet" havoning keskin sovishi va qor yogʻishidan ogohlantirdi.
Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
22 yanvarda, 23 yanvar kuni kechasi va ertalab Oʻzbekiston boʻyicha asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 22-23 yanvar kunlari qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
22-24 yanvar kunlari harorat kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.