platina.uz
Iqtisod

Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchraganlarning toʻlovlari toʻxtatilishi mumkin

Buning uchun kredit oluvchi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb eʼtirof etilishi lozim. 

Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchraganlarning toʻlovlari toʻxtatilishi mumkin

Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kreditni undirish toʻxatiladi.

Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda frod holatlarining oldini olish boʻyicha minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Unga koʻra, kredit tashkiloti frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan fuqaroga, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb eʼtirof etilganda, mazkur onlayn kredit va u bilan bogʻliq foizlarni hisoblashni hamda undan undirishni toʻxtatadi.

Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratishda frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida undirishi mumkin.

Kredit tashkiloti frod holatiga shubha qilganda qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda kredit tashkiloti onlayn kredit va u bilan bogʻliq foizlarni hisoblashni hamda undirishni davom ettiradi.

Nizomga koʻra, mobil ilovada roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi akkauntiga faqat ushbu shaxs yoki yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlgan bank hisobvaragʻi, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirishi hamda ushbu akkaunt orqali P2P oʻtkazmalarini amalga oshirishi mumkin.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid