platina.uz
Jamiyat

Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi ushlandi

Hokim yordamchisi 30 sotix yer maydonini oʻzining mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga pul soʻragan. 

Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi ushlandi

Hokim yordamchisi va kadastr ishchisining noqonuniy harakatlari fosh boʻldi.

Namangan viloyati Pop tumani hokimining mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi yordamchisi ushlandi. U 1988 y.t. fuqaroga 49 yil muddatga dehqon xoʻjaligi bilan shugʻullanish uchun ajratib berilgan 30 sotix yer maydonini oʻzining mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib, uning 6 sotix qismida qurilgan uy-joy uchun tegishli kadastr hujjatlarini tayyorlatib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi oldindan 1000 AQSh dollarini oʻzining 1990 y.t. tanishi orqali olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Davlat kadastrlari palatasining Pop tuman filiali ishchisi davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydoni va unda qurilgan uy-joyni oʻzining mansabdor tanishlari orqali shaxsiy mulk sifatida fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 900 AQSh dollari va 4,8 mln soʻm olgan vaqtida DXX, IIV va IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda kadastr ishchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid