platina.uz
Jahon

Janubiy Koreya sobiq bosh vaziri 23 yilga qamaldi

U 2024 yil dekabrda sobiq prezident Yun Suk Yol tomonidan eʼlon qilingan harbiy holat bilan bogʻliq isyon harakatlarida ishtirok etgan deb topildi. 

Janubiy Koreya sobiq bosh vaziri 23 yilga qamaldi

Janubiy Koreya sobiq bosh vaziri Han Duk-Su 23 yilga qamaldi.

Sudning qaroriga koʻra, u 2024 yil dekabrda sobiq prezident Yun Suk Yol tomonidan eʼlon qilingan harbiy holat bilan bogʻliq isyon harakatlarida ishtirok etgan.

Sobiq bosh vazir Han sud tomonidan harbiy holat bilan bevosita bogʻliq jinoyat ayblovlari boʻyicha hukm chiqarilgan birinchi sobiq vazirlar kabineti aʼzosi boʻldi. Huquqshunoslarning aytishicha, bu hukm boshqa sud jarayonlari uchun namuna boʻlishi mumkin.

Seul Markaziy tuman sudi Han aybdor deb topdi, u prezident Yun Sok Yolga harbiy holat eʼlon qilishga yordam bergan, deb aytdi sudya. Sudya buni "yuqoridan pastga qaratilgan isyon" deb taʼrifladi.

Sudya qoʻshimcha qilib, Han parlament kabi asosiy institutlar faoliyatini toʻxtatish rejalari haqida ham muhokama qilganini aytdi.

Sud Hanni isyon asosiy harakatlarida ishtirok etish, shuningdek, yolgʻon guvohlik berish va rasmiy hujjatni soxtalashtirish ayblovlari boʻyicha aybdor deb topdi. Han sud hukmi boʻyicha eʼtirozi yoʻqligini maʼlum qildi.

U shu paytgacha yolgʻon guvohlikdan tashqari barcha ayblovlarni rad etgan edi. Noyabr oyida u Yun harbiy holat eʼlon qilishini toʻxtata olmagani uchun pushaymon ekanini, lekin hech qachon rozi boʻlmagan yoki yordam bermaganini aytgan edi.

Sud hukmdan soʻng Hanni darhol hibsga oldi. Hukm ustidan shikoyat qilinishi mumkin. Hanning advokati ishni Oliy sudga olib borishini aytdi.

"Tajribali siyosatchi"

Han besh nafar prezident davrida yuqori lavozimlarda ishlagan tajribali texnokratdir. Yun impichment qilinganidan keyin u vaqtinchalik prezident vazifasini bajarib turgan, ammo oʻzi ham harbiy holat eʼlon qilishda Yunga yordam berganlikda ayblanib impichment qilingan.

Konstitutsiyaviy sud Hanning impichmentini bekor qilib, unga rahbarlik vakolatlarini qaytargan, keyin u iyun oyida navbatdan tashqari saylovda qatnashish uchun lavozimdan isteʼfo bergan. Konservatorlar orasidagi kelishmovchiliklar tufayli u prezidentlikka nomzodligini toʻxtatgan.

Ishi sakkizta sudda koʻrib chiqilgan Yun oʻtgan haftada besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. U qarordan noroziligni bildirib, sudga shikoyat qilgan.

19 fevral kuni Yunga nisbatan yana hukm chiqishi kutilmoqda. Unga eng ogʻir ayblov — “isyonni boshqarish” ayblovi qoʻyilgan. Prokurorlar bu ishda oʻlim jazosini soʻrashgan, biroq Janubiy Koreyada oxirgi marta oʻlim jazosi 1997 yilda ijro etilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid