platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 61 gektardan oshiq yer oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi

Yerlarni qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni bartaraf etish boʻyicha sudlarga 1 622 ta daʼvo arizalari kiritildi. 

Toshkentda 61 gektardan oshiq yer oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi
Illyustrativ foto.

Toshkentda 61 gektardan oshiq yer oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.

Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi boʻlim xodimlari tomonidan 2025 yilda oʻtkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 3 927 ta holatda 61,25 gektar yerlar oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

Berilgan yozma koʻrsatmalar, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 2 764 ta yer qonunbuzilish holati fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishilgan.

Yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni bartaraf etish boʻyicha sudlarga 1 622 ta daʼvo arizalari kiritilgan.

Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan 34 ta ish hujjati oʻrnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga yuborilgan.

Yuqoridagi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining 937-son Qonuni talablariga mutanosib boʻlmagani uchun ham ushbu joylarda yer va kadastr nazorati tadbirlari amalga oshirilgan.

Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid