platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar hokimiga korrupsiya boʻyicha oʻrinbosar tayinlandi

U avval Bosh prokuraturada boshqarma boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Toshkent shahar hokimiga korrupsiya boʻyicha oʻrinbosar tayinlandi

Mirhamidov Mirmuhammad Mirshohidovich Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

M.Mirhamidov 1982 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. Oʻzbekiston milliy universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Adliya katta maslahatchisi hisoblanadi.

U 2006 yildan boshlab prokuratura tizimi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2023 yildan bugungi kungacha Bosh prokuratura sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonuniylik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid