Qozogʻistondan Oʻzbekistonga don eksporti sezilarli miqdorda oshdi
Oʻzbekistonga don tashish hajmi 32 foizga oʻsib, 4,5 million tonnaga yetgan.

Qozogʻistondan Oʻzbekistonga don eksporti sezilarli ravishda oshdi.
Bu haqda qozoq OAVi "Qozogʻiston temir yoʻllari"ga asoslanib xabar berdi. Aytilishicha, Qozogʻistonning Oʻzbekistonga don eksporti hajmi 2025 yilda 32 foizga oshdi.
2025 yilda Qozogʻiston temir yoʻli tarmogʻida Oʻzbekiston yoʻnalishida sezilarli oʻsish kuzatildi. Oʻzbekiston bilan yuk tashish hajmi 32,3 million tonnaga yetdi, bu 16 foizga oʻsishdir.
Eksport tashish hajmi 8,5 foizga oʻsib, 13 million tonnaga yetdi.
Shu bilan birga, Oʻzbekistonga don tashish hajmi 32 foizga oʻsib, 4,5 million tonnaga yetdi.
2025 yilda Qozogʻiston temir yoʻli tarmogʻi orqali jami 319,9 million tonna yuk tashildi, bu 2024 yilga nisbatan 5,5 foizga oshgan. Eksport hajmi 7,1 foizga oʻsib, 89,2 million tonnani tashkil etdi.