Oʻzbekistonda "aqlli" migratsiya punktlari ishga tushiriladi
Ushbu punktlar oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish asosida ishlaydi. Ushbu punktlar ayrim turdagi davlat xizmatlarini taklif etadi.

Oʻzbekistonda "aqlli" migratsiya punktlari ishga tushirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 19 yanvarida Prezident "Raqamlashtirish orqali ichki ishlar organlarining migratsiya va shaxsiylashtirish sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-14-sonli qarorini qabul qildi.
Ushbu hujjat asosida joriy yilning 1 mayidan boshlab Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi har bir tuman yoki shaharda, shuningdek, Qoraqalpogʻistonda aqlli migratsiya punktlari ishga tushiriladi. Ushbu punktlar oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish asosida ishlaydi.
Dastlab, ushbu punktlar ayrim turdagi davlat xizmatlarini taklif qiladi, ularning soni keyinchalik Ichki ishlar vazirligi tomonidan kengaytiriladi.
Bundan tashqari, hujjatda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun elektron vizalarni bir martalik 30 kungacha uzaytirish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, 2026 yil 1 sentabrdan boshlab talabalar talabalar yotoqxonasida yashash uchun shartnoma tuzish bilan bir vaqtda avtomatik ravishda yashash joyida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
2026 yil 1 fevraldan jismoniy shaxslarga identifikasiyalovchi ID kartalar 1-marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikati bepul beriladi.