platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston oʻtgan yili Xitoyga 773 mln dollarlik gaz sotdi

Rossiya 9,41 milliard dollarlik, Turkmaniston esa 8,41 milliard dollarlik gaz eksport qilgan. 

Oʻzbekiston oʻtgan yili Xitoyga 773 mln dollarlik gaz sotdi

2025 yil oxiriga kelib, Oʻzbekiston Xitoyga taxminan 773 million dollarlik gaz eksport qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Xitoyga yetkazib berilgan ushbu gazning asosiy qismi Rossiyaga toʻgʻri keladi.

Ruslar 9,41 milliard dollarlik, undan keyin Turkmaniston 8,41 milliard dollarlik gaz eksport qilgan.

Myanma ham Xitoyga 1,53 milliard dollar va Qozogʻiston 1,13 milliard dollar bilan faol gaz yetkazib berdi. Oʻzbekiston beshinchi oʻrinni egalladi.

2024 yilda Xitoyning xorijiy xaridlari 21,1 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 8,6 foizga koʻpdir.

Avvalroq Energetika vazirligi metan zapravkalarga cheklov kiritilganini bildirgandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid