platina.uz
Jamiyat

Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

Aholi xonadonlari, tibbiyot va taʼlim muassasalarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan taʼminlash ustuvor vazifa, deyiladi Energetika vazirligi xabarida. 

Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

Havo harorati pasayishi sababli metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida energetika tizimi 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

Hududlarda ishlarning borishi doimiy nazoratda boʻlib, yuzaga kelayotgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Havo haroratining keskin pasayishi sababli tabiiy gazga boʻlgan talab oshgani bois ayrim hududlarda quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
Aholi xonadonlari, tibbiyot va taʼlim muassasalarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan taʼminlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu sababli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi.

Bu choralar faqat sovuq kunlarda aholi uchun barqaror taʼminotni taʼminlashga qaratilgan boʻlib, vaziyat barqarorlashishi bilan cheklovlar bekor qilinadi.

Hududlardagi vaziyatga qarab qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Shu bilan birga, aholi ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida ijtimoiy soha obʼektlariga xizmat koʻrsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz taʼminoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda taʼminlanadi. Ushbu yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan transport vositalarining uzluksiz ishlashi aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid