Yuqori tezlik, barqarorlik va tiniq ovoz: UZTELECOM Oʻzbekiston boʻylab aloqa sifatini qanday modernizatsiya qilmoqda?
Modernizatsiya — bu mavjud "eski soʻqmoqlarni" infratuzilmani buzmagan holda zamonaviy va ravon magistrallarga aylantirishdir. Eng muhimi, bu jarayonda 2G tarmogʻi ham oʻz funksionalini saqlab qoladi.

Oddiy foydalanuvchi uchun smartfon ekranidagi kechagi 3G belgisi bugun 4G yoki 5Gga almashishi oddiy holdek tuyulishi mumkin. Biroq, ushbu kichik oʻzgarish ortida UZTELECOM texnik jamoasining ulkan va tizimli mehnati yotibdi.
Kompaniya yangi tayanch stansiyalar qurishga ehtiyoj qoldirmasdan mavjud tayanch stansiyalarini modernizatsiya qilish orqali sezilarli natijalarga erishmoqda: internet tezligi oshmoqda, tigʻiz vaqtlarda aloqa barqarorlashmoqda, soʻzlashuv paytida esa ovoz tiniqligi taʼminlanmoqda.
Tarmoq modernizatsiyasi — bu radiochastota resurslarini aqlli optimallashtirish jarayonidir. Bunda tayanch stansiyasining maʼnan eskirgan va samaradorligi past boʻlgan texnik qismlari eng zamonaviy aloqa standartlari talablariga moslashtiriladi.
Ushbu murakkab texnik jarayonni oddiy yoʻl infratuzilmasi misolida yanada aniqroq tasavvur qilish mumkin:
- Tor soʻqmoq (2G Standarti): Bu faqat piyoda yurishga moʻljallangan yoʻlga oʻxshaydi. Undan foydalanib manzilingizga yetib olishingiz mumkin, biroq katta hajmdagi yuklarni (maʼlumotlarni) tashishning deyarli iloji yoʻq. Bu texnologiya faqat ovozli qoʻngʻiroqlar va SMS-xabarlar uchun xizmat qiladi.
- Ikki polosali tekis yoʻl (3G Standarti): Bu yerda harakatlanish imkoniyatlari kengroq, kichik hajmdagi transport vositalari bemalol yura oladi. Bu internetga ulanish imkonini beradi, biroq maʼlumotlar uzatish tezligi va tarmoq sigʻimi zamonaviy talablar uchun yetarli emas.
- Koʻp polosali va yuqori tezlikdagi magistral (4G/5G Standartlari): Bu keng qamrovli magistral yoʻldir. Bu yerda ulkan hajmdagi maʼlumotlar oqimi juda yuqori tezlikda, toʻxtovsiz harakatlantirish mumkin.
Modernizatsiya — bu mavjud «eski soʻqmoqlarni» infratuzilmani buzmagan holda zamonaviy va ravon magistrallarga aylantirishdir. Eng muhimi, bu jarayonda 2G tarmogʻi ham oʻz funksionalini saqlab qoladi. Bu esa oddiy tugmali telefonlar, bankomatlar, toʻlov terminallari va «aqlli» hisoblagichlarning (IoT) uzluksiz ishlashini kafolatlaydi.
Abonentlar his qilayotgan natijalar
Refarming va minglab tayanch stansiyalarini modernizatsiya qilish sharofati bilan Oʻzbekistonning yetti hududi aholisi ijobiy oʻzgarishlarni his etishdi:
Tezlikning oshishi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida mobil internetning oʻrtacha tezligi 30 foizga oshdi. Endi video, ilova va fayllarni yuklab olish kamroq vaqt talab etadi.
Tigʻiz vaqtlarda ham barqaror signal: Tarmoq savdo markazlari, vokzallar va ommaviy tadbirlar vaqtida ham katta yuklamalarga chidamli boʻldi.
HD-sifatidagi qoʻngʻiroqlar: VoLTE texnologiyasining joriy etilishi soniyalar ichida ulanishni va jonli muloqotga yaqin boʻlgan tiniq ovozni taʼminlaydi.
Har bir bunday yangilanish — Kompaniya mutaxassislarining mehnati, tarmoq trafigi haqidagi katta maʼlumotlar (Big Data) tahlili va radiochastota resurslarini strategik boshqarish natijasidir.
Kelajak rejalari
2026 yilda UZTELECOM tarmoqni modernizatsiya qilishni keng koʻlamda davom ettiradi. Bu butun mamlakatning raqamli poydevorini mustahkamlash va Oʻzbekistonning har bir goʻshasida millionlab aholi uchun barqaror aloqa taʼminlashga xizmat qiladi.
Kompaniya LTE va 5G qamrovini kengaytirib, biznes, taʼlim va davlat xizmatlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Shuningdek, har bir abonent tezkor internet, tiniq ovozli qoʻngʻiroqlar va zamonaviy raqamli xizmatlardan uzilishlarsiz foydalanishi uchun tarmoq sigʻimi va sifatini oshirishda davom etadi.
UZTELECOM raqamli ekotizimni rivojlantirish orqali Oʻzbekistonning texnologik yangilanishiga va mamlakatning raqamli salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
UZTELECOM – doimo Sizga yaqin boʻlgan operator!