Xayriddin Sultonovga "Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi" unvoni berildi
U "Quyosh barchaga barobar", "Bir oqshom ertagi", "Onamning yurti", "Umr esa oʻtmoqda", "Boburning tushlari", "Boburiynoma" va boshqa asarlar muallifi sanaladi.

Prezident farmoniga koʻra, atoqli adib Xayriddin Sultonga "Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi" unvoni berildi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Yozuvchi bugun oʻzining muborak 70 yoshini nishonlamoqda.
Xayriddin Sultonov 1956 yil 19 yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumanining Tuzel qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1978). "Quyosh barchaga barobar" (1980), "Bir oqshom ertagi" (1983), "Onamning yurti" (1987), "Umr esa oʻtmoqda" (1988), "Boburning tushlari" (1992), "Boburiynoma" (1997), "Saodat sohili" (2005) "Yaldo kechasi (2025) kabi nasriy kitoblari nashr etilgan.
"Changak"," Moziydan bir sahifa", "Mehrobdan chayon" kabi videofilmlar hamda "Tushlarimda koʻrib yigʻlayman", "Yozning yolgʻiz yodgori" ssenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan.
Hozirda Prezident maslahatchisi – Spichrayteri sifatida ishlamoqda.