Rossiyalik yana bir propagandachi Oʻzbekiston va boshqa davlatlar suverenitetiga "tosh otdi"
Duginning soʻzlariga koʻra, Rossiya nazorati ostida boʻlmagan hududlar AQSh va Yevropa Ittifoqining, shuningdek, ehtimol Xitoyning "forpostlari"ga aylanadi.

Rus faylasufi va siyosatshunosi, propagandist Aleksandr Dugin suveren Oʻzbekiston va boshqa sobiq sovet respublikalarining suveren mavjudligiga shubha bilan qaradi va milliy davlatlar davri "tugaganini" eʼlon qildi.
Duginning soʻzlariga koʻra, Rossiya nazorati ostida boʻlmagan hududlar AQSh va Yevropa Ittifoqining, shuningdek, ehtimol Xitoyning "forpostlari"ga aylanadi.
U "ular bizning Birlashgan Ittifoqimizning bir qismiga yoki Gʻarbning tayanch nuqtasiga aylanadi" deb taʼkidladi.
"Rus dunyosi" deb ataladigan mafkurachi fikriga koʻra, suvereniteti tan olinmaydigan mamlakatlar qatorida u Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistonni tilga oldi.
Faylasuf oʻz nutqida Rossiyaning zamonaviy "uch qutbli dunyo"dagi maqsadi "eng muhim hokimiyat markazi"ga aylanish ekanligini va u chekka hududdagi mustaqil davlatlarni strategik tahdid sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
Uning bayonotlari mutaxassislar va tahlilchilar orasida xavotir uygʻotadi, chunki ular xalqaro huquqda mustahkamlangan davlat suvereniteti tamoyiliga toʻgʻridan-toʻgʻri shubha tugʻdiradi va Markaziy Osiyo va Kavkazdagi bir qator davlatlarning mustaqilligini shubha ostiga qoʻyadi.
Dugin Ilyin nomidagi Siyosiy fanlar oliy maktabi va Xalqaro Yevrosiyo harakatiga rahbarlik qiladi.
2014 yilda Foreign Policy jurnali uni dunyoning eng nufuzli 100 mutafakkiri roʻyxatiga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq boshqa bir propagandist Vladimir Solovev Armaniston va Markaziy Osiyoda harbiy operatsiya haqida gapirgan vva hududlarni Rossiya taʼsir doirasi deb atagandi.