platina.uz
Siyosat

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Gʻazo tinchlik kengashiga taklif qildi

Tashabbusning asosiy maqsadi uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan davlatlarni birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma – Tinchlik kengashini tuzishdan iborat.

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Gʻazo tinchlik kengashiga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etish boʻyicha xalqaro tashabbusga qoʻshilish boʻyicha rasmiy taklif kelib tushdi.

Maktubda qayd etilishicha, ushbu tashabbus 2025 yil 29 sentabrda eʼlon qilingan va jahon yetakchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan maʼqullangan Gʻazodagi mojaroni tugatish boʻyicha kompleks rejaga asoslanadi.

Tashabbusning asosiy maqsadi uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan davlatlarni birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma - Tinchlik kengashini tuzishdan iborat.

Oʻzbekistonga Tinchlik kengashiga taʼsischi davlat sifatida qoʻshilish taklif etildi.

Shavkat Mirziyoyev amerikalik hamkasbiga javob maktubini yoʻllab, unda Oʻzbekiston Tinchlik kengashiga taʼsischi davlat sifatida qoʻshilishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti oʻz maktubida ushbu tashabbusga Yaqin Sharqdagi koʻp yillik nizolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi muhim qadam sifatida qaralayotganini taʼkidladi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid