platina.uz
Jamiyat

Alisher Usmonovlar

Platina.uz Oʻzbekistonga aloqador va u yerda amaldor boʻlib ishlaydigan otdoshlar haqida maʼlumot toʻpladi.

Alisher Usmonovlar
Fotokollaj: Platina.uz

Platina.uz Oʻzbekistonga aloqador va Oʻzbekistonda maʼlum bir amalda faoliyat olib boradigan Alisher Usmonovlar haqida maʼlumot toʻpladi.

Alisher Usmonov (Abrorovich) – Oʻzbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi. U ushbu lavozimga 2020 yil oxirida tayinlangan. Bunga qadar Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2007 yilda 2-darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan.

Alisher Usmonov (Ataxanovich) – Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari, jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi. Mazkur lavozimga 2025 yil sentabrda tayinlangan. U 2022 yildan buyon Namanganda ishlayotgandi. Undan avval fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha prezident maslahatchisining oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Alisher Usmonov (Burxonovich) – kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik milliarder. U 2016 yildan keyin Oʻzbekiston bilan aloqalarini yanada yaxshiladi. Koʻplab xayriya ishlarida qatnashib keladi. Oʻzbekistonga ham moliyaviy koʻmak ajratadi.

Alisher Usmonov (Anvarovich) – Navoiyda shimoliy kon boshqarmasi boʻlim boshligʻi. Bu odam haqida maʼlumot yetarli emas. Bugun Toshkent shahar sudida ayni shu ism-sharifli insonning ishi kassatsiya tartibida koʻrib chiqildi. U 198-modda 3-qismi (Ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) bilan sudlanmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid