platina.uz
Jamiyat

E-qaror tizimida hujjat yashirishni Aksilkorrupsiya agentligi tekshiradi

Soʻnggi paytlarda mazkur portalda hujjatlarni asossiz yashirib qoʻyish holatlari koʻpayib ketdi.

E-qaror tizimida hujjat yashirishni Aksilkorrupsiya agentligi tekshiradi
Portaldan skrinshot

2025 yil 30 dekabrda imzolangan prezident farmoniga koʻra, endi E-qaror tizimida qabul qilinadigan hujjatlarni eʼlon qilishda ochiqlikka oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish va ochiqlikni taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni qoʻllash Aksilkorrupsiya agentligiga topshirildi.

Respublika va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni E-qaror elektron tizimida asossiz ravishda eʼlon qilmaslik, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish deb hisoblanadi hamda tegishli javobgarlikka tortishga asos boʻladi.

Shuningdek, agentlikka mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — E-qaror tizimida qabul qilinadigan hujjatlar bilan toʻsiqsiz tanishish va monitoring olib borish imkoniyati beriladi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid