Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi yarim finalga chiqolmadi
Ular chorak finalda Xitoy termasiga qarshi juda ogʻir oʻyin oʻtkazdi.

Saudiya Arabistonida oʻtayotgan Osiyo kubogi chorak finalida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy termasiga penaltilar seriyasida yutqazdi.
Har ikkala terma jamoa ham ehtiyotkor oʻynadi. Ammo oʻzbeklarning hujumlari va zarbalari juda xavfli tus oldi. Shu tariqa oʻyinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.
Ekstra taymlarda uchrashuv yanada qizidi. Ammo baribir oʻyinda hisob ochilmadi. Uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻldi: 2:4
Osiyo kubogi, chorak final
Oʻzbekiston - Xitoy 0:0
Penaltilar boʻyicha: 2:4