platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston yashash xarajatlari eng arzon boʻlgan davlatlar qatoriga kirdi

Oʻzbekistonda yashash xarajatlari indeksi 27,3 ballni tashkil etgan. Reytingda Nyu-York shahri 100 ball bilan asos sifatida olinadi.

Oʻzbekiston yashash xarajatlari eng arzon boʻlgan davlatlar qatoriga kirdi

Oʻzbekiston yashash xarajatlari eng past boʻlgan davlatlar TOP-20 taligiga kirdi.

Xalqaro tahliliy platforma Numbeo tomonidan tuzilgan 2026 yilgi global yashash qiymati reytingida mamlakat 155 davlat orasida 138-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston dunyoda yashash eng arzon boʻlgan mamlakatlardan biri sifatida eʼtirof etildi. Tadqiqotga koʻra, Oʻzbekistonda yashash xarajatlari indeksi 27,3 ballni tashkil etgan. Reytingda Nyu-York shahri 100 ball bilan asos sifatida olinadi. — indeks qanchalik past boʻlsa, mamlakatda yashash shunchalik arzon hisoblanadi.

Tahlil besh asosiy yoʻnalishni qamrab olgan: oziq-ovqat narxlari, ijara haqi, restoranlar, kommunal xizmatlar va xarid qobiliyati. Alohida koʻrsatkichlar boʻyicha Oʻzbekiston quyidagi natijalarni qayd etdi:

- uy-joy ijarasi — 12,2 ball (mintaqadagi eng past koʻrsatkichlardan biri);

- oziq-ovqat mahsulotlari — 30,1 ball;

- restoranlardagi narxlar — 23 ball;

- xarid qobiliyati — 47,8 ball.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, tovar va xizmatlar umumiy hisobda arzon boʻlsa-da, xarid qobiliyatining oʻrtacha darajada qolayotgani aholining real daromadlari cheklanganidan dalolat beradi.

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham reytingning quyi pogʻonalaridan joy oldi: Qozogʻiston — 128-oʻrin, Tojikiston — 136-oʻrin, Qirgʻiziston — 140-oʻrin. Turkmaniston boʻyicha maʼlumotlar tadqiqotga kiritilmagan.

Dunyoda yashash eng qimmat hududlar sifatida Bermud, Kayman orollari va Virjin orollari qayd etilgan boʻlsa, Pokiston, Hindiston va Liviya yashash xarajatlari eng past boʻlgan davlatlar qatoridan joy oldi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid