Fransiyada NATOni tark etishga chaqiruvchi rezolyutsiya taqdim etildi
Bunga AQShning suveren davlatlarga qarshi daʼvolari, Yevropa Ittifoqiga sanksiyalar bosimi va boshqalar sabab boʻlgan.

Fransiya parlamentida Qoʻshma Shtatlar bilan kelishmovchiliklar tufayli mamlakatning NATOdan chiqishiga chaqiruvchi rezolyutsiya taqdim etildi.
Hujjat Milliy Assambleya vitse-prezidenti va La France Insoumise chap qanot partiyasidan parlament aʼzosi Klemens Gette tomonidan tayyorlangan.
Gette xonim Berliner Zeuiting gazetasiga bergan intervyusida aytganidek, Qoʻshma Shtatlar "kechirilmaydigan imperial siyosat"ni olib borayotgani Yevropa Ittifoqini vassal maqomiga tushirdi. Uning taʼkidlashicha, Vashington boshchiligidagi bunday siyosat Fransiyaning ularning rahbarligidagi ittifoqda qolishini imkonsiz qiladi.
Gette Venesuela prezidentining oʻgʻirlanishi, suveren davlatlarga qarshi tahdidlar, Yevropa Ittifoqiga sanksiyalar bosimi va NATO ittifoqchilarining Amerika mudofaa sanoatiga foyda keltirish uchun harbiy xarajatlarni koʻpaytirish talablarini tilga oldi.
Siyosatchining fikricha, blokdan chiqish Fransiyaga oʻzining harbiy va diplomatik mustaqilligini tiklashga imkon beradi. Uning taʼkidlashicha, mamlakat oʻzini yakkalanib qolmaydi, balki koʻp tomonlama formatlar, ekologik kun tartibini ilgari surish, qurolsizlanish va jamoat tovarlarini himoya qilish orqali oʻz taʼsirini kuchaytiradi.