platina.uz
Jahon

Rossiya Eron va Isroil boʻyicha vositachilikka tayyorligini bildirdi

Vladimir Putin Isroil bosh vaziri va Eron prezidenti bilan muloqot oʻtkazgan.  

Rossiya Eron va Isroil boʻyicha vositachilikka tayyorligini bildirdi

Rossiya Eron va Isroil boʻyicha vositachilikka tayyorligini bildirdi. Bu haqda Kreml xabar berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Binyamin Netanyaxu va Eron prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi.

Mintaqada barqarorlikni taʼminlash va diplomatik hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil va Eron yetakchilari bilan telefon orqali gaplashdi.

Putin va Benyamin Netanyaxu oʻrtasidagi suhbat chogʻida Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Eron atrofidagi holat muhokama qilindi. Vladimir Putin mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash yoʻlida siyosiy-diplomatik saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi borasidagi prinsipial yondashuvlarni bayon qildi.

Rossiya tomoni bundan buyon ham vositachilik tashabbuslarini davom ettirishga, barcha manfaatdor davlatlar ishtirokida konstruktiv muloqotni ilgari surishga koʻmaklashishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Tomonlar turli darajalarda aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.

Prezident Putin Eron Islom Respublikasi prezidenti Masud Pezeshkiyon bilan ham telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

Suhbat davomida Eron prezidenti Vladimir Putinga mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish boʻyicha Eron rahbariyati tomonidan koʻrilayotgan faol choralar haqida maʼlumot berdi.

Rossiya va Eron mintaqadagi keskinlikni imkon qadar tezroq pasaytirish tarafdori ekanini, yuzaga kelayotgan muammolarni faqat siyosiy-diplomatik yoʻllar bilan hal etish zarurligi borasida bir xil, hamjihat pozitsiyada ekani qayd etildi.

Tomonlar Rossiya–Eron strategik hamkorligini yanada mustahkamlash va turli sohalardagi qoʻshma iqtisodiy loyihalarni amaliyotga tatbiq etishni davom ettirishga oʻzaro qatʼiy intilishni tasdiqladi, deyiladi xabarda.

Eronda 2025 yil oxirida beri namoyishlar davom etmoqda. Namoyishlar fonida AQSh va Isroil Eronga zarba berishi boʻyicha xabarlar koʻpaydi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid