"Oʻzenergosotish" boshqaruvi raisi oʻrinbosari ishdan ketdi
Shohruh Karabayev oilaviy sharoiti sababli oʻz vazifasidan ozod etishni soʻrab ariza yozgan.

"Oʻzenergosotish" AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Shohruh Karabayev lavozimidan ozod etildi.
2026 yil 6 yanvar kuni "Oʻzenergosotish" aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda jamiyat boshqaruv tarkibiga oid muhim masala koʻrib chiqildi.
Jamiyat boshqaruv raisining oʻrinbosari Sh. E. Karabayevning oilaviy sharoiti sababli oʻz vazifasidan ozod etishni soʻrab yozgan arizasi qanoatlantirildi.
Mazkur qaror "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun hamda jamiyat ustaviga muvofiq qabul qilingan.