“Oʻzbekiston temir yoʻllari” poyezd chiptalari narxini 15 foizga oshirdi
Bu elektropoyezdlarga xizmat koʻrsatish, ehtiyot qismlar, elektr energiyasi hamda ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi bilan izohlangan.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” poyezd chiptalari narxini 15 foizga oshirganini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga xizmat koʻrsatish, ehtiyot qismlar, elektr energiyasi hamda ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, shuningdek, harakat xavfsizligini toʻliq taʼminlash va xizmat sifatini xalqaro standartlar darajasida saqlash zarurati sababli 2026 yil 1 fevraldan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshiriladi.
Yangilangan tariflarga koʻra:
Toshkent — Buxoro
VIP: 1 138 000 soʻm
Biznes: 760 000 soʻm
Ekonom: 509 000 soʻm
Toshkent — Qarshi
VIP: 976 000 soʻm
Biznes: 642 000 soʻm
Ekonom: 429 000 soʻm
Toshkent — Samarqand
VIP: 709 000 soʻm
Biznes: 455 000 soʻm
Ekonom: 311 000 soʻm
Shuningdek, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” yoʻlovchi poyezdlari chipta narxlari ham 15 foizga oshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, bir yil avval poyezd chiptasi narxlari 25-30 foizga oshirilgandi.