Energetik cheklovlar kutilyapti – vazirlik
Bugundan havo harorati keskin pasayadi. Ayni paytda koʻp hududlarda qor yogʻyapti.

Energetika vazirligi havo keskin sovib ketishi oqibatida energitika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga oʻtkazilishini eʼlon qildi.
Elektr, issiqlik va gaz tarmoqlarida qoʻshimcha texnik koʻriklar oʻtkazilib, ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari mavjud sharoitga moslashtirildi. Masʼul xizmatlar 24/7 rejimida ish olib bormoqda.
"Sovuq kunlarda energiyaga boʻlgan talab ortadi. Ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar boʻlishi mumkin. Bunday holatlarda aholi va ijtimoiy obʼektlarni barqaror taʼminlash ustuvor vazifamiz boʻladi", deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, isitish uskunalaridan tejamkorlik bilan foydalanishni tavsiya qilgan.
Oʻzgidromet xabariga koʻra, koʻplab hududlarda qor-yomgʻir yogʻishi sababli havo harorati ayrim joylarda -7 darajagacha sovib ketishi mumkin.