platina.uz
Jamiyat

DXX chegarada katta miqdordagi narkotik moddani toʻxtatib qoldi

Ushbu moddalar qirgʻizistonlik narkosavdogar bilan til biriktirgan fuqaro tomonidan olib oʻtilgan. 

DXX chegarada  katta miqdordagi narkotik moddani toʻxtatib qoldi

Oʻzbekistonga olib kelingan 21 kg narkotik musodara qilindi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1985 va 1989 y.t. ikki nafar fuqaro “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasining Namangan viloyati Uychi tumani “Yangiyer” MFY hududidan oʻtuvchi qismida harakatlanayotgan vaqtlarida toʻxtatib tekshirildi.

Natijada, ularning yonida boʻlgan yuk sumkasi ichida 19 kg 169 g “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻlib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, narkotikni olib ketish uchun yordamlashish maqsadida kelgan vaqtida, ularning 1990 y.t. hamshahari ham ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, qonunbuzarlar qirgʻizistonlik narkosavdogar bilan til biriktirib, ushbu ajal ogʻusini kelgusida sotish maqsadida mamlakatimiz hududiga kontrabanda qilganliklari maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX va IIO xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan boshqa tezkor tadbirda esa Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1990 y.t. muqaddam sudlangan ayol hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 200 mln soʻmga sotib olishga kelishib, u tomonidan matolar orasiga yashirgan holda Margʻilon shahridan yoʻlovchi mashinada yuborilgan 1 kg 953 g “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Fargʻonada avtomobil bakidan 11 kgdan oshiq narkotik topilgandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid