Andijonda fuqarolarni qurol bilan qoʻrqitib, jinoyat sodir etgan uyushgan guruh aʼzolari ushlandi
Ular kriptoaktivlar savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxsni ushlab, undan 150 ming dollarni tegishli hamyonga oʻtkazib berishni talab qilishgan.

Andijon viloyatida fuqarolarni qurol bilan qoʻrqitgan holda, jinoyat sodir etgan guruh vakillari ushlandi.
Ular IIV va DXX oʻtkazgan tadbirda qoʻlga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Guruh aʼzosi M.A (laqabi "hoji") va Sh.A (laqabi "muftiy") hozirda respublika hududidan chiqib ketgan. Hozirda ularni qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda.
Ular oʻz sheriklari bilan kriptoaktivlar savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxsni ushlab, undan 150 ming dollarni tegishli hamyonga oʻtkazib berishni talab qilishadi. Uni urib, tan jarohati yetkazgan holda 100 ming dollar miqdoridagi kriptovalyutani hamyonga oʻtkazib oladilar.
Ushbu guruh aʼzolaridan boʻlgan Yu.O. bir ayol kishining badaniga tan jarohati yetkazib, uning iPhone modelidagi telefoni va pullarini olib qoʻyadi.
Hozirda guruhning ushlangan vakillariga qarshi tergov ishlari olib borilmoqda. Guruhning ikki asosiy aʼzosi esa qidirilmoqda.
IIV ushbu guruh aʼzolaridan jabr koʻrganlarni huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishini soʻragan.