platina.uz
Jahon

Yevropa harbiylari Grenlandiyaga kelib joylashishni boshladi

AQSh, Daniya va Grenlandiya rahbariyati oʻrtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlangach, NATOga aʼzo Yevropa davlatlarining ilk harbiy boʻlinmalari maxfiy sharoitda Grenlandiyaga yetib kela boshlagan. 

Yevropa harbiylari Grenlandiyaga kelib joylashishni boshladi

Tramp bilan muzokaralar samara bermadi: Yevropa harbiylari Grenlandiyaga kelib joylashmoqda.

AQSh, Daniya va Grenlandiya rahbariyati oʻrtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlangach, NATOga aʼzo Yevropa davlatlarining ilk harbiy boʻlinmalari maxfiy sharoitda Grenlandiyaga yetib kela boshladi.

Donald Tramp bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Yevropa davlatlari harbiylari Grenlandiyaga yetib kela boshladi.

Grenlandiya atrofidagi vaziyat harbiy joylashtirish bosqichiga oʻtdi. NATOga aʼzo Yevropa davlatlarining ilk harbiy boʻlinmalari AQSh, Daniya va muxtoriyat rahbariyati oʻrtasida Oq uyda boʻlib oʻtgan muzokaralar natijasiz yakunlanganidan soʻng darhol orolga yetib kela boshladi.

Kuchlarni joylashtirish qatʼiy maxfiylik sharoitida amalga oshirilmoqda. 15 yanvarga oʻtar kechasi Nuuk yaqinidagi Daniya Qurolli kuchlari qoʻmondonlik markaziga daniyalik va fransiyalik harbiylar boʻlgan Hercules harbiy-transport samolyotlari qoʻndi.

Parvozlar identifikatsiya tizimlari oʻchirilgan holda, yashirin rejimda amalga oshirilgan. Bunday ehtiyot choralariga AQSh prezidenti Donald Trampning orolga nisbatan ochiq daʼvolari va bosimi sabab boʻlmoqda.

Missiyaning hozirgi bosqichdagi asosiy maqsadi — Yevropa ittifoqchilarining Daniyaga toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy yordam koʻrsatish imkoniyatlarini baholashdan iborat.

Eʼtiborlisi, operatsiya Shimoliy Atlantika alyansining rasmiy tuzilmalari orqali emas, balki toʻgʻridan-toʻgʻri Kopengagendan muvofiqlashtirilmoqda va unda AQSh ishtirok etmayapti.

Yaqin kunlarda guruh kengaytiriladi. Razvedka missiyasi doirasida Germaniyadan 13 nafar harbiy xizmatchi orolga yetib keladi. Shuningdek, Norvegiya va Shvetsiya ham oʻz qoʻshinlarini yuborish niyatini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp Grenlandiya ustidan nazoratni qoʻlga kiritishni AQSh milliy xavfsizligi masalasi sifatida koʻrib, bunga qatʼiy turib kelmoqda. Uning fikricha, aks holda orol Rossiya yoki Xitoy taʼsiri ostiga tushib qolishi mumkin.

Biroq Kopengagen va Nuuk bu daʼvolarga javoban oʻz harbiy ishtirokini kuchaytirib, hudud suverenitetini oʻz kuchlari va yevropalik hamkorlar koʻmagida himoya qilishga tayyor ekanini namoyish etmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid