platina.uz
Jamiyat

"Yangi bank" faoliyati tugatiladi

Bankning 32 ming nafardan oshiq omonatchisiga kafolatlangan omonat summasi toʻliq qaytariladi. 

"Yangi bank" faoliyati tugatiladi

Yangi bank” aksiyadorlik jamiyati faoliyati tugatiladi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Markaziy banki Boshqaruvining 2026 yil qarorlari boʻyicha bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunchilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmaganligi, shuningdek, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmaganligi sababli qabul qilindi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq, bank faoliyatini oʻrnatilgan tartibda tugatish belgilandi hamda tugatish komissiyasi tayinlanib unga tugatish ishlarini boshqarish vakolatlari oʻtkazildi.

Alohida taʼkidlanishicha, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bankning 32 526 nafar omonatchisidan 32 153 nafar omonatchiga kafolatlangan omonat summasi toʻliq qaytariladi (omonatlarni toʻlash boʻyicha aniq hisob-kitoblar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan eʼlon qilinadi).

373 nafar omonatchi boʻyicha kafolatlangan mablagʻlarning qolgan qismi tugatish komissiyasi qaroriga asosan qaytariladi.

"Ushbu masala Markaziy bankning doimiy nazoratida. Jarayon bosqichma-bosqich kuzatib boriladi va jamoatchilik muntazam ravishda xabardor qilinadi," - deya taʼkidlaydi Markaziy bank.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid