platina.uz
Jamiyat

Eron havo hududi yopilishi oqibatida ayrim samolyotlar ortga qaytdi

Ular ichida Oʻzbekiston shaharlarini Madina, Jidda va Kuvayt bilan bogʻlovchi qator aviareyslar bor. 

Eron havo hududi yopilishi oqibatida ayrim samolyotlar ortga qaytdi

Eron havo hududi yopilishi oqibatida Oʻzbekistonga va Oʻzbekistondan amalga oshirilayotgan bir nechta aviareyslar oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, joʻnab ketgan aeroportlariga qaytishga majbur boʻldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlarda samolyotlar ortga qaytgan:

Fly One Asia: Madina — Toshkent (7Q7742) va Madina — Fargʻona (7Q4442) yoʻnalishlari boʻyicha reyslar Madina aeroportiga qaytdi.

Jazeera Airways: Toshkent — Kuvayt (J9650) reysi Toshkent vaqti bilan soat 02:01 da havoga koʻtarilgan boʻlsa-da, yana poytaxt aeroportiga qoʻnishga majbur boʻldi.

Sam Air: Samarqand — Jidda (9S3303) yoʻnalishidagi reys soat 02:04 da Samarqanddan uchib ketib, birozdan soʻng yana ortga qaytgan.

Fly Khiva: Urganch — Madina (2U7911) reysi soat 02:17 da parvoz qilganiga qaramay, Urganch aeroportiga qaytib kelgan.

Uzbekistan Airways: Jidda — Toshkent (HY336) yoʻnalishidagi reys ham Eron havo hududi yopilgani sababli Jidda aeroportiga qaytgan.

Hozircha parvozlar jadvaliga kiritiladigan oʻzgarishlar va qayta tiklanish vaqti boʻyicha rasmiy maʼlumotlar berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvaal Isroil hujumi sabab ham Eron havo hududi yopilgandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid