platina.uz
Jahon

Eron havo hududi parvozlar uchun ochildi

AQShning ehtimoliy hujumi sabab yopilgan osmon sabab Oʻzbekistondan uchgan samolyotlar ham ortga qaytishga majbur boʻlgandi. 

Eron havo hududi parvozlar uchun ochildi

Eron havo hududi yana parvozlar uchun ochildi.

Eron Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, havo hududi joʻnash, qoʻnish va tranzit reyslar uchun ochiq. Bayonot davlatga qarashli IRIB teleradiokompaniyasi tomonidan keltirildi.

Flightradar maʼlumotlariga koʻra, Eronning Sepehran Airlines, Fly Kish, Mahan Air, Meraj Airlines, Taban Airlines, Mehr Airways va Emirates, Etihad Airways, Flydubai, Air Arabia aviakompaniyalari, shuningdek, Turkiya, Oʻzbekiston va Tayvan aviakompaniyalari mamlakat boʻylab parvozlarni qayta tikladi.

Flightradar 15 yanvar kechasi Eron ustidagi havo hududi yopilgani haqida xabar berdi. Oʻzbekistondan uchgan qator reyslar ortga qaytarildi.

Eronda dekabr oyining oxiridan beri milliy valyutaning qulashi va narxlarning keskin koʻtarilishi sababli norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishchilar rejim oʻzgarishini talab qilmoqda.

14 yanvar oqshomida Reuters manbalarga tayanib, AQSh 24 soat ichida Eronga zarba berishi mumkinligini xabar qildi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid