Bankka qarzini toʻlamagan fuqaroning avtomobili musodara qilindi
Sergeli tumanida “TBC Bank” oldidagi 31,7 million soʻmlik qarz sabab ayolning “Cobalt” avtomobili majburiy tartibda musodara qilingan. Mashina auksionda sotiladi.

Sergelida ayol bank oldidagi qarzi sabab avtomobilidan ayrildi.
Sergeli tumanida “TBC Bank” oldidagi 31,7 million soʻmlik qarz sabab ayolning “Cobalt” avtomobili majburiy tartibda musodara qilindi.
Avtomobil musodara qilindi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati.
Sergeli tumani Majburiy ijro byurosiga Mirzo Ulugʻbek tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudining 2024 yil 24 dekabrdagi qarori kelib tushgan. Mazkur qarorga koʻra, fuqarodan “TBC Bank” foydasiga 31,7 million soʻm undirish belgilangan. Ish 2025 yil 20 noyabr kuni ijroga qabul qilingan.
Fuqaroga qarzni 15 kun ichida ixtiyoriy ravishda toʻlash huquqi berilgan, biroq belgilangan muddatda toʻlov amalga oshirilmagan.
Majburiy ijro jarayonida fuqaro yashirishga uringan “Cobalt” rusumli avtomobil qidiruvga tushgan. Maʼlum vaqtdan soʻng avtomobil topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda transport vositasini onlayn auksion orqali sotuvga qoʻyish boʻyicha choralar koʻrilmoqda. Savdodan tushgan mablagʻ qarzni qoplashga yoʻnaltiriladi, qolgan qismi esa avtomobil egasiga qaytariladi.